Jamiyat | 10:42 / 28.05.2017
21766
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra kam ta'minlangan oilalar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda

O‘zbekistonda yashovchi kam ta'minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ma'naviy va moddiy yordam bugungi kunga kelib keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ushbu oilalarning moddiy holatini yaxshilash, ularni kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun Prezident tashabbusi bilan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joylarda kam ta'minlangan, ayniqsa, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan bergan topshirig‘i asosida barcha hududlarda aholining mazkur qatlamiga beg‘araz asosda tikuv mashinalari va matolar topshirilmoqda. 

Ana shunday dastlabki tadbir 27 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid