15:50 / 31.05.2017
8083

Intel kompaniyasi yangi Core X protsessorlarini taqdim etdi

Foto: intel

Intel kompaniyasi o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Computex ko‘rgazmasi doirasida 1700 dollar turadigan 10-yadroli protsessorni ommaga namoyish qilgan edi. Oradan bir yil ham o‘tmay, mikrochiplar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya umuman yangi Core X protsessorlari qatorini taqdim etdi. Yangi avlod protsessorlari orasida eng ko‘zga tashlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9-7980XE protsessori bo‘ldi. U 1999 dollardan sotilishi ma'lum qilindi. Aytish mumkinki, u yaqinda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan raqobatchi 16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda qoldirishi mumkin.

O‘ta kuchli ko‘p qatorli yangi protsessorlar eng talabchan foydalanuvchilarni ham qanoatlantirishi kerak. Masalan, 4K o‘lchamli o‘yinni o‘ynash barobarida o‘yin jarayonini Twitch xizmati orqali bevosita HD formatda onlayn efirga jonli uzatishni xohlovchilar ham undan bemalol ko‘ngli to‘ladi. Agar 18 yadro juda ortiqcha deb o‘ylasangiz, Core X 16 (1699 dollar), Core X 14 (1399 dollar) va Core X 12 (1199) protsessorlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yangi protsessorlar o‘tgan yilgi 10 yadroli protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal design point)ga ega. 

Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 chipseti bilan jihozlangan Motherboard platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan savdoga chiqariladi. Yangi soket LGA 2011 o‘rnini egallaydi va stol kompyuterlar samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. Barcha i9 protsessorlari 3,3 GGts chastotali bo‘lib, Intel Turbo Boost Max 3.0 texnologiyasi yordamida 4,3 GGts tezlikkacha ishlay oladi. 

Bundan tashqari, kompyuter o‘yinlari ixlosmandlari uchun yana bir quvonchli xabar shundan iboratki, 10 yadroli protsessor i9-7900X narxining 999 dollargacha arzonlashtirilganidir. O‘tgan yili 1700 dollardan sotilgan edi. 

Top