01:30 / 03.06.2017
10031

Arnold Shvartsenegger Trampning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqish qarorini tanqid qildi

Amerikalik mashhur aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qarorini keskin tanqid qildi. Uning Trampga videomurojaatini tvitterda ATTN joylashtirdi. 

Aktyorning aytishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiyotni barbod qilmaydi, aksincha, uning rivojlanishiga olib keladi.

"Prezident Tramp iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishini aytdi. Janob prezident, sizga murojaatim shundan iboratki, siz davlat xizmatchisi, ayniqsa prezident ekansiz, sizning birinchi va eng muhim vazifangiz odamlarni himoya qilishdan iborat. AQShda ifloslangan havo sababli har yil 200 ming kishi o‘ladi, daryo va soylarimizning yarmi ifloslangan. Biz odamlar kasal bo‘lib, o‘layotgan bir paytda hech narsa qilmay, qo‘llarni qovushtirib o‘tira olmaymiz, ayniqsa boshqa bir yo‘l borligini bilganimizda. Janob prezident, o‘tmishga qarash osonroq va qulayroq ekanligini bilaman", deb aytgan Arni.  

Bundan tashqari, Shvartsenegger bu holatga hazil bilan munosabat bildirdi.

"Bir kishi taraqqiyotimizni yo‘q qila olmaydi. U bizning toza energiyaga inqilobiy o‘tishimizni to‘xtata olmaydi. Va o‘tmishga qayta olmaydi. Buni faqat men qila olaman", deb aytgan aktyor "Terminator" filmidagi roliga ishora qilib.

 

Mavzuga oid
Top