Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda sayyohlar uchun majburiy sug‘urta joriy etilishi mumkin
Foto: Global Look Press
Tailand turizm va sport vazirligi qirollikka tashrif buyuruvchi barcha xorijliklar uchun majburiy sug‘urta joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi yozmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, vazirlik sayyohlarga chegara nazoratidan o‘tish chog‘ida polisni taqdim etish majburiyatni yuklashi mumkin. Sug‘urta qiymatiga oydinlik kiritilmadi.
Gazeta suhbatdoshining ma'lum qilishicha, bunday chora Tailandga keluvchi sayohatchilar uchun jiddiy to‘siqqa aylanmaydi. Vazirlik shuningdek, mamlakat xalqaro aeroportlari va yer ustidagi chegara nazorati o‘tish punktlarida shunday hujjatlarni beruvchi maxsus avtomatlar o‘rnatishni taklif qilgan.
Ma'lumot uchun, ayni damda Tailand shifoxonalari hordiq paytida jabrlangan turistlarni davolash bo‘yicha xarajatlarni, agarda ularda tibbiy xizmatlarni to‘lash uchun mablag‘ bo‘lmasa, aksariyat hollarda o‘z bo‘yniga oladi.
Mavzuga oid
13:28 / 12.12.2025
O‘zbekistonliklarning Tailandga turistik safarlari 55 foizga oshdi
20:32 / 11.12.2025
Tailand va Kambodja yana urushmoqda
13:17 / 08.12.2025
Tailand Kambodjadagi obektlarga havo zarbalari yo‘lladi
19:20 / 30.11.2025