14:35 / 08.06.2017
24350

«GM Uzbekistan» saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo‘limi ochildi

Foto: "Kun"

«GM Uzbekistan» AJ veb-saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo‘limi ochildi, unda narxlar, dilerlik korxonalari kesimida shartnomalar tuzish uchun ochiq bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati va boshqa ma'lumotlar bor.

"Bo‘limdagi ma'lumot doimiy asosda yangilanib boradi: narxlar bo‘yicha – har hafta, sotib olish mumkin bo‘lgan avtomobillar bo‘yicha – har kuni", - deyiladi GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida.
 
Ta'kidlab o‘tish joizki, avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar jadval asosida ma'lumot berilgan avtomobillar bo‘yicha dilerlik korxonalariga shartnoma imzolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.
 

Top