1983 yil edi. Otam bir neça oydirki töşakda qimirlamay şiftga qarab yotar, uyda bor budimizni sotib şifoxonaga taşir, allaqaçon rözğorimizning tagi körinib qolgan bölsada, otamning soğayib ketişiga işonib, şifokorlar nima desa hammasini muhayyo etar, keça-yu kunduz otamning oldidan bir qadam nari siljimasdik. Onamning qop-qora soçlari şu bir neça keça-yu kunduzning içida közimiz öngida oppoq oqarib ketganini körib turar edik.

“Mana Raşidovday odam ham vafot etibdi. Döxtirlar uşlab qololsa şu odamni uşlab qolar edi. Endi dori-darmon taşişni bas qilinglar. Endi ölişimga işondim. Endi mendan rozi bölib xayrlaşinglar. Men hammalaringdan roziman...”

Otam öşa kuni tongoldi qazo qildi. Otamning yuragida Raşidovga nisbatan juda katta ehtirom va işonç bor edi. Uning köz öngida buyuk toğ qulagan edi. Buyuk toğning qulaşi oldida öz umrining nihoyaga yetişi heç gap emasdek tuyulgan edi. Men otam öşa sözni aytganidan söng uning yuragida Raşidovga nisbatan naqadar uluğ muhabbat borligini anglagan edim.

***

Keyinçalik hayotimizda bola tasavvurimga siğmaydigan hodisalar röy bera boşladi. Raşidov şaxsiga nisbatan toş otişlar avj oldi. U paytlarda matbuotga endigina kirib kela boşlagan edim. Tuman gazetasiga paxtakorlar, şolikorlar, Mirzaçöl dehqonlari haqida kiçik-kiçik lavhalar, maqolalar yozar, dalama-dala yurişdan çarçamasdim. Öşa yillari Sirdaryoning katta çölquvarlaridan biri Abdullajon Turdiqulovning Raşidov haqida aytib bergan hikoyasi heç esimdan çiqmaydi: “Şarof aka şiyponimizga keldilar. Obdastada suv quyib, qöllariga soçiq tutdim. Katta odamga katta soçiq beriş kerak, deb öylaganman şekilli, tutgan soçiğimga qöllarini arta turib, ohista va mayin ovozda: “Soçiq ham katta kiçikligiga qarab bir neça turli böladi. Badan artadigan soçiq, yuz artadigan, qöl artadigan, oyoq artadigan. Siz menga çömilişda artinadigan soçiq tutdingiz”dedilar. Şarof aka bu gaplarni menga kulib va erkalab aytdilar. Sözlarida heç qanaqa dakki va tanbeh ohangi bölmasada umrimning oxirigaça yetadigan saboq olgan edim va öşandan keyin har bir xatti-harakatimga e'tibor beradigan va har bir narsaning öz vazifasi borligini anglaydigan böldim”.

***

Markaziy matbuotda Raşidovga toş otiş urfga aylanayotgan paytda tumanimizda çiqadigan “Yangiyer tongi” gazetasi tahririyatida Anqaboy Quljonov bilan tuşlik qilişimizga töğri kelib qoldi. Anqaboy aka katta olim edi. Suhbat mavzui aylanib Raşidovga taqaldi. Şunda Anqaboy aka: “Men hozirgi matbuotga hayronman, - dedilar. “Yöq narsani töqib yozişga usta bölib ketdi. Axir men bilaman-ku,