12:55 / 08.06.2017
38310

Tanishing! Vodiydagi yangi, ishonchli  "onlayn" bozor 

Biz yashayotgan davr zamonaviy informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishni talab qiladi. Internetning paydo bo‘lishi insonning hayot tarziga bir qancha qulayliklarni olib kirdi. Bulardan biri - bu "onlayn" savdoning ommalashishidir. 

Rivojlangan mamlakatlarning barchasida internet orqali masofadan turib, xarid qilish urfga aylangan. Sababi, onlayn savdo qimmatli vaqtni tejaydi. Ortiqcha harakat va ovoragarchiliklarga chek qo‘yadi. 

O‘zbekistonda ham bir nechta internet do‘konlari faoliyat olib boradi. Biroq barcha sayt ham o‘z bazasiga ega emas. Bugun bizlarga tanishtirmoqchi bo‘lgan sayt o‘zining originalligi va ishonchliligi bilan farq qiladi. 

Netmarket.uz - Farg‘ona vodiysida ish boshlagan yangi onlayn bozor. Endilikda vodiyliklar istalgan yerda o‘z telefon yoki gadjyetlari orqali maishiy texnika vositalarini xarid qilishlari mumkin. 

Nima uchun Netmarket?

•   Netmarket orqali nafaqat naqd pul, balki terminal hamda onlayn to‘lov usuli bilan savdo qilish mumkin.
•   Mazkur do‘kon Vodiy bo‘yicha eng birinchi internet do‘kon sanaladi. 
•   Yetkazib berish xizmati bepul!
•   Netmarket mijozlarga eng sifatli va sinalgan mahsulotlarni hamyonbop, arzon narxlarda taklif qiladi. 
•   Shuningdek, do‘kon mahsulotlari Fargona, Namangan viloyatlariga yetkazib beriladi. Tez kunda Andijon viloyatiga ham yetkazib berilishi yo‘lga ko‘yiladi.

Netmarket'ning yana bir ajralib turuvchi jihati - siz sotib olgan mahsulotingizni tekshirib ko‘rganingizdan so‘nggina to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida do‘konning mijozlar taklif va istaklariga bo‘lgan katta e'tiborini bildiradi. 
Agarda sizga sotib olingan mahsulotingiz yetkazib berilganda sifati yoqmasa uni qaytarib berishingiz mumkin. Buning uchun sizdan hech qanday ortiqcha harajat talab etilmaydi. 

Shuningdek, do‘kon xodimlari xaridni plastik karta orqali to‘lash istagida bo‘lgan mijozlarga terminalni keltirib berishadi. 
To‘lovni onlayn tarzda amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun saytning uzida quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin: WoyWo, UPay, Payme, MBANK, Click.

Tanlovda adashmang, Netmarket bilan yoqimli xaridlarni amalga oshiring!

Murojaat uchun telefon: 
+99869 2266666

Sayt manzili: www.nm.uz 
FB: Facebook.com/nminfouz/
Telegram: https://t.me/netmarket_uz
Instagram: netmarket.uz
Twitter: netmarketuz

Reklama huquqi asosida

Top