
10 iyun kuni Toşkent şahar hokimiyati va Yozuvçilar ijodiy uyuşmasi iştirokida oçilgan Bobur nomidagi Toşkent Markaziy ekoboği ayni vaqtda taşrif buyuruvçilar uçun yopilgan.
Yangi oçilgan boğning yopib qöyilgani sababini biliş maqsadida Kun muxbiri ekoboğ ma'muriyati boğlandi.
"Toşkent Markaziy ekoboğini vaqtinçalik yopib turiş avvaldan ham rejada mavjud edi. Boğning faoliyati vaqtinçalik töxtatilganiga sabab - suv suğoriş tizimini örnatişdir. Şuningdek, boğ hududidagi "Sevgi oroli"da daraxt va köçatlar ötqazilmoqda. Şu sababli, yangi Markaziy ekoboğ 19 iyun - duşanba kuni yana öz faoliyatini boşlaydi", - deya xabar qildi boğ ma'muriyati Kun naşriga.

Bundan taşqari, ekoboğ ma'muriyati vakili boğga kiriş bepul ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz ekanligini ta'kidlab ötdi.
Fotoreportaj: Toşkentda yangi ekoboğ oçiliş marosimi bölib ötdi







