11:57 / 24.06.2017
51350

Meva va sabzavotlardan allergiyaga qarshi qanday kurashish mumkin?

Barra meva va sabzavotlar juda foydali, biroq gohida olma yeganingizda u sizni o‘ldirmoqchidek his paydo bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, bu nima uchun siz uni yeganizdan keyin og‘zingiz achichishini tushuntiradi. Agar siz nima haqida gapirayotganimizni anglayotgan bo‘lsangiz, gap sizda og‘iz allergik sindromi bor bo‘lishi mumkinligi haqida ketmoqda. 

Faraz qilaylik, pishmagan kivini yeyish yomon fikr, bunday tanovuldan aniq yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Biroq ba'zida olma, shaftoli, nok va gilos g‘alati reaksiya keltirib chiqaradi: ularni yeyayotganingizda noxush sanchishlar, lab va tilning shishishi, tomog‘ingizda nimadir tiqilib qolgandek his va qichishish paydo bo‘ladi.

Agar sizda buning ustiga gulchanglarga (o‘simlikning erkak hujayralari) ham allergiya bo‘lsa, unda mevalar tomondan bunday "tajovuzkorlik"ning sababi og‘iz allergiyasi sindromi bo‘lishi mumkin.

Bu organizmning mahalliy reaksiyasi bo‘lib, u allergiyaning asosiy alomatlariga qo‘shimcha paydo bo‘ladi. Buning sababi organizm hujayralari gulchanglardagi moddalar va mevalarda bir xillikni ko‘radi va ularga ham javob beradi. 

Yaxshi holat: bu reaksiyalar odatda kuchli bo‘lmaydi. Yomoni esa gulchanglardan farqli, meva va sabzavotlar yil bo‘yi "hujum qilishi" mumkin. Bu sindrom hattoki katta yoshlilarda ham birdan avj olishi mumkin.

Gulchanglarga allergiya va meva-sabzavot turlarida ba'zi bog‘liqlik mavjud.

Allergiya sababchisi    

Bu vaqtda qanday meva-sabzavotlar xavfli

Daraxtlar (bahorda)

Olma, nok, o‘rik, olxo‘ri, gilos, kivi, bodom, sabzi, kashnich

Boshoqli o‘simliklar va o‘tlar (bahor oxirida boshlanib yoz 
o‘rtasigacha kuzatiladi)

Qovun, tarvuz, pomidor, sitruslar

Yovvoyi o‘tlar (yoz oxiridan kuzgacha)

Tarvuz, banan, sabzi, kashnich, tsukini, bodring

Og‘iz allergik sindromi sevimli meva-sabzavotlaringizni boshqa tanovul qilolmasligingizni anglatmaydi. Bu holatda yordam beruvchi ba'zi usullar mavjud.

Shifokor tavsiya qilgan antigistamin dori vositalari qabul qiling.

Gulchanglarga allergiyangiz qo‘zg‘aydigan vaqtda xavfli mevalarni iste'mol qilishdan saqlaning. Agar ularni yeyishni juda istasangiz, unda konservalangan ko‘rinishdagilarini iste'mol qiling.

Meva va sabzavotlarga termik ishlov bering. Ular issiqlik bilan ta'sir qilingandan keyin kuchli reaksiyalar keltirib chiqarmaydi.

Mevalar po‘stlog‘ini olib tashlang. Odatda allergiya qo‘zg‘atuvchi moddalar aynan ularda to‘planadi.

Top