09:19 / 25.06.2017
5914

Britaniya parlamenti kiberhujumga yo‘liqdi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya parlamenti uning serverlari xakerlar hujumiga yo‘liqqanini tasdiqladi. Buning natijasida ikki palataning ham ba'zi a'zolari o‘zlarining pochtalariga kira olishmagan. Bu haqida mamlakat parlamentining Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi. 

"Biz parlament tarmog‘i foydalanuvchilari akkauntlariga ruxsatsiz kirishga urinish holatlarini aniqladik va hozirda Milliy kiberxavfsizlik xizmati bilan uzviy hamkorlikda bu voqeani o‘rganmoqdamiz", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek unda ehtiyotkorlik chorasi sifatida parlament tarmog‘i akkauntlariga masofadan kirish vaqtinchalik yopilgani ham ma'lum qilingan. Bir necha parlamentariylar o‘z pochtalariga kira olmayotganliklarini tasdiqlashgan.

Top