20:34 / 25.06.2017
44080

O‘zbekiston Qambarota GESi qurilishiga qo‘shilishi mumkin

Foto: Sputnik

Qirg‘iziston avval investori Rossiya bo‘lishi kerak bo‘lgan Yuqori Norin kaskadi GESi qurilishi uchun yangi investorlarni topdi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Biz Yuqori Norin kaskadi uchun investor topdik va iyul oxirida bu bo‘yicha kelishuv imzolanadi", deb aytdi Moskvaga safari bo‘yicha natijalarga yakun yasash vaqtida Atamboyev. 

Atamboyevning aytishicha, u 20 iyunda Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda gidroelektrstansiya qurilishi masalasini muhokama qilgan. 2016 yil boshida Rossiyaga qurilishga investitsiya kiritish rad etilgandi.  

"GES bo‘yicha suhbat quyidagicha bo‘ldi: men Vladimir Vladimirovichga bu Rossiya, tegishli idoralar rahbarlari tomonidan katta xato bo‘lganini aytdim. Siz buni bir kun tushunasiz va ularni jazolaysiz", deb aytgan Atamboyev Putin bilan uchrashuvda.

Atamboyev Qirg‘iziston Qambarota-1 GESi qurilishiga investor qidirayotganini aytgan. "Biz bu yerda daryoning past qismida joylashgan Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda qurishimizni istayman", deb ma'lum qilgan Qirg‘iziston prezidenti. Uning aytishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bunga rozilik berishgan.

Qirg‘iziston prezidenti Rossiya bilan Qambarota-1 GESi va Yuqori Norin kaskadi GESi qurilishi va ekspluatatsiyasi bo‘yicha kelishuvni 2016 yil yanvarda bekor qilgandi. Qirg‘iziston hukumati buni Rossiya o‘z iqtisodiyotidagi pasayish va neft narxlarining arzonlashishi sababli bu loyihalarni moliyalashtira olmasligi bilan tushuntirgan. O‘sha vaqtda ularning qurilishi 3 mlrd dollarga baholanayotgandi.   

Rossiyada ham Atamboyev aytgan ba'zi muammolar mavjudligi tan olingan. 

2009 yilgi kelishuvlarga ko‘ra, Qirg‘iziston va Rossiya Qambarota-1 GESi qurilishini birgalikda olib borishi kerak edi. O‘shanda Rossiya Qirg‘izistonga 1,7 mlrd dollarlik kredit ham bergan. 

Yuqori Norin kaskadi GESi qurilishi Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra 2013 yildan 2015 yilgacha olib borilgan. Bu qurilishni ham Rossiya moliyalashtirishi kerak edi.

Top