21:44 / 29.06.2017
8159

«Yuventus» Dani Alvesh borasida rasmiy axborot berdi

29 iyun kuni «Yuventus» o‘zining rasmiy saytida 34 yoshli himoyachi Dani Alveshning jamoani tark etishi haqida xabar berdi. Italiya klubi va braziliyalik futbolchi o‘zaro kelishgan holda bir yil oldin shartnomani bekor qilishga kelishib olishdi.

O‘tgan mavsumda Kataloniyadan «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan Alvesh turinliklar safida 33 uchrashuv o‘tkazib, 6 gol va 6 golli uzatma muallifi bo‘ldi. U«Yuventus» bilan Italiya chempioni va kubogida zafar quchdi. Yevropa chempionlar ligasining finaliga qadar yetib bordi.

Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Alvesh sobiq ustozi Xosep Gvardiola ustozlik qilayotgan «Manchester Siti» klubi safiga borib qo‘shiladi.

Top