17:58 / 30.06.2017
9905

Rossiya G‘arb mamlakatlariga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh, Yevropa Ittifoqi va qator boshqa davlatlarga nisbatan joriy qilingan maxsus xavfsizlik choralari muddatini uzaytirdi. Bu haqida "Lenta.ru" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, cheklovlar 2018 yilning 31 dekabriga qadar amalda hisoblanadi. Hujjat imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi. 

Farmonda Rossiya hukumatiga uni amalga oshirishga doir zarur choralar ko‘rilishini ta'minlash va zarurat tug‘ilgan taqdirda sanksiyalar muddatini o‘zgartirish taklifini kiritish vazifasi topshirildi. 

Top