23:56 / 30.06.2017
8151

Rossiyalik olimlar ilk marta kibernetik to‘rpardani inson ko‘ziga ko‘chirib o‘tkazishdi

Foto: Second Sight

Bugun Rossiya federal tibbiyot va biologiya agentligining otorinolaringologiya ilmiy-klinik markazi olimlari va tibbiyotchilari Rossiya tarixida ilk marta tug‘ma to‘liq ko‘r insonning ko‘ziga kibernetik to‘rpardani ko‘chirib o‘tkazish borasidagi jarrohlik amalyotini  o‘tkazishdi, bu endi bemorga bir oydan keyin yorug‘ dunyoni ko‘rish imkoniyatini beradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri voqea joyidan.

«Bu operatsiya birinchisi bo‘ldi, yaqin orada yana bitta ana shunday o‘tkazishni amalga oshiramiz. Biz hozir ikkinchi implantatsiya uchun bemor tanlamoqdamiz va bu ko‘p bosqichli, murakkab tanlov jarayoni bo‘lib, kamida bir oy vaqtni talab qiladi», — dedi ushbu operatsiyalar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlovchi «San'at, fan va sport» jamg‘armasi vakili Igor Tixomirov.

Ushbu operatsiya so‘nggi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan Argus II «bionik ko‘zi» — kibernetik ko‘rishning eng zamonaviy va istiqbolli tizimlaridan biridan foydalanildi. U o‘tgan o‘n yillikning yarimlarida Second Sight kompaniyasida yaratilgan bo‘lib, ilk marta ommaga 2009 yilda namoyish etilgandi. O‘shanda ko‘zlari ojiz ko‘ngilli britaniyaliklardan biri uni ko‘zlariga o‘rnatib, ko‘rish qaobiliyatiga qisman ega bo‘lgan edi.

U uch tarkibiy qismdan — oltmishtacha elektroddan iborat kiber to‘rparda, kameralar integratsiya qilingan maxsus quyosh ko‘zoynaklari va signallarni miya uchun tushunarli ko‘rinishga keltirib beruvchi maxsus cho‘ntak kompyuteridan tashkil topgan. Joriy holatda Argus II ko‘zi ojiz kishilarga oq va qora chiziqlarni, yirik harflar va so‘zlarni farqlay olish imkoniyatini beradi. Second Sight’ning joriy hisob-kitoblariga ko‘ra, bitta shunday tizim 140 ming dollarga teng.

2012 yilda Second Sight mutaxassislari va Filadelfiyadagi Tomas Jyefferson universitetidan Allena Ho rahbarligidagi bir qator mustaqil oftalmologlar va neyrofiziologlar Argus II’ning keng miqyosli klinik sinovlarini o‘tkazishgan va unda AQSh va Yevropadan 30 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Bu sinovlar 2015 yilda muvaffaqiyatli yakunlangan va ayni damda Argus II’dan klinik amaliyotda keng foydalanilmoqda. 

Rossiyalik vrachlar bugun bunday kibernetik to‘rpardani iplantatsiya qilish ustida ilk marta operatsiya olib borishdi va uni chelyabinsklik 59 yoshli, ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan bemorning asab tizimiga ulashdi.

Tixomirovning aytishicha, ushbu operatsiya Second Sight mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan, jumladan, Massachusets universitetidan Argus II’ni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ilk operatsiyani amalga oshirgan jarroh ham taklif etilgan. Operatsiya 4,5 soat davom etadi va 8 nafar vrach — ikki jarroh, oftalmolog, anesteziolog, ikki hamshira, zaxira jarrohi va bir injyenerni talab etadi. Operatsiyaga professor Xristo Periklovich Taxchidi rahbarlik qilgan.

Olimlarning qayd etishicha, operatsiyadan so‘ng bemorning ko‘rish qobiliyati darhol tiklanmaydi — keyingi haftalar mobaynida vrachlar ko‘zning tuzalishini nazorat qilishadi va to‘rparda qanday bitib ketishini nazorat qilishadi. Agar bu jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, bemorning «kiberko‘zi» ikki-uch haftadan so‘ng ishga tushiriladi. 

Operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi ortidan to‘rparda dardiga chalinib ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan 50 ming rossiyalikda ko‘rish qobiliya tiklanishi borasida umid uyg‘otibgina qolmasdan, Argus II va u kabi implantlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirib, tannarxini arzonlashtirishga olib keladi. 

Mavzuga oid
Top