Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN Trampdan "savalangan" videosiga javob qaytardi
CNN telekompaniyasi matbuot xizmati AQSh prezidenti Donald Trampning mushtidan qulagani aks etgan montajli videosiga izoh berdi. The Hill shu haqida xabar berdi.
Telekompaniya Twitter'da Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Sara Sandersning so‘zlari bilan javob qaytardi. Gap shundaki, 29 iyun kuni Sanders "prezident zo‘ravonlikni targ‘ib qilmasligi va buni urfga aylantirmasligi"ni aytgan.
Bundan tashqari, telekompaniya Trampning videosiga quyidagicha bayonot bilan javob qaytargan.
"U xorijiy safarga, Vladimir Putin bilan birinchi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish, Shimoliy Koreya bilan aloqa o‘rnatish va sog‘liqni saqlashga doir qonun loyihasi ustida ishlash o‘rniga prezident ma'muriyatiga noloyiq o‘smirlarcha xatti-harakatlarini namoyish qilmoqda", - deyiladi bayonotda.
CNN'dagilar o‘z ishlarini bajarishda davom etishayotganini aytib, Trampni ham shunday qilishga undashgan.
Bundan avval AQSh prezidentining CNN xodimini qulatgan videosi bilan bo‘lishgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
19:05 / 21.10.2025
Vikipediya o‘quvchilari soni kamaymoqda: bunga sabab – sun’iy intellekt va qisqa videolar
10:20 / 07.09.2024
CNN taslim bo‘lgan ukrainalik askarlarning otib tashlanishi aks etgan videoni e’lon qildi
07:43 / 27.04.2024