20:30 / 02.07.2017
17530

Tramp CNN xodimini qulatgani aks etgan videoni namoyish etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter'ga yuz qismi o‘rniga CNN telekompaniyasi logosi qo‘yilgan kishini qulatgani aks etgan montajli videoni joyladi.

Gap shundaki, aslida videoda Trampning 2007 yilda WWE (World Wrestling Entertainment) restling federatsiyasi rahbari Vins Makmen bilan mushtlashgani aks etgan, "yangi versiya"da video tahrirdan o‘tkazilgan va jabrlanuvchi rolida CNN xodimi ko‘rsatilgan.

Amerika prezidenti ushbu video ostida #FraudNewsCNN («CNN'ning soxta xabarlari») i FNN («Soxta axborot tarmog‘i») xeshteglarini qoldirgan.

Top