Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror Nemtsovning qotilini umrbod ozodlikdan mahrum etishni talab qilmoqda
Prokuror sud maslahatchilari siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishida aybdor, deb topgan Zaur Dadayev uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘ramoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Dadayevga qattiq rejimdagi koloniyada umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi hamda 200 ming rubllik jarima tayinlashni so‘rayman», - deya ma'lum qildi prokuror Mariya Semenenko.
29 iyun kuni sud maslahatchilari kollegiyasi siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha besh nafar ayblanuvchining barchasiga nisbatan ayblov hukmini chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 28 fevral kuniga o‘tar kechasi Moskva shahri markazida o‘ldirildi. Zaur Dadayev, Anzor va Shodid Gubashevlar, Tamerlan Eskerxonov hamda Hamzat Baxoyev ushbu qotillik sabab hibsga olindi.
Mavzuga oid
13:44 / 02.03.2026
Moskvada biznesmen Umar Jabroilov vafot etdi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
11:28 / 21.02.2026