Jahon | 08:28 / 14.07.2017
23403
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov: Nemtsov ishi bo‘yicha sudning hukmi g‘alati

Foto: rbc

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmini “g‘alati” deb hisoblaydi. Bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Moskva okrug harbiy sudining Boris Nemtsovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha hukmi g‘alati, ular aybni aniq tasdiqlovchi dalillar yo‘q bo‘lishiga qaramay, 20 yillik qattiq rejimga mahkum etishdi”, - deya Qodirovning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Checheniston rahbari qayd etishicha, ayblov tomonining ayblanuvchilardan biriga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlash bo‘yicha iltimosini “umuman tushunmagan”, sababi unga bunday jinoiy ishlarda umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgani bilan bog‘liq holatlar ma'lum emas ekan.

Avvalroq Boris Nemtsovning o‘ldirilishida ayblanayotgan Zaur Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid