09:12 / 14.07.2017
11823

Lyu Syaobo o‘limi: Xitoy xorijiy davlatlarga maxsus bayonot bilan chiqdi

Foto: Delfi

Pekin xorijiy davlatlarni Xitoy ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. Bu xitoylik huquq himoyachisi, 2010 yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati Lyu Syaoboning o‘limi tufayli yuz berdi.

Bu haqda XXR TIV vakili Gen Shuan ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Xitoy – huquqiy davlat. Lyu Syaobo ishi esa Xitoyning ichki ishlari sirasiga kiradi. Boshqa xorijiy davlatlarning mas'uliyatsiz bayonotlar berishga haqi yo‘q. Biz tegishli mamlakatlarni Xitoy huquqiy suverenitetini hurmat qilish hamda alohida individual holat bahonasida mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqiramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Avvalroq Tramp Lyu Syaobo hayotdan ko‘z yumganidan “chuqur qayg‘uda” ekani xabar qilingandi.

Top