Jahon | 08:16 / 14.07.2017
12257
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Lyu Syaobo hayotdan ko‘z yumganidan “chuqur qayg‘uda” 

AQSh prezidenti Donald Tramp xitoylik huquq himoyachisi, 2010 yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati Lyu Syaobo hayotdan ko‘z yumganidan “chuqur qayg‘uda”. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilinmoqda.

“Prezident Donald Tramp Nobel tinchlik mukofoti laureati, xitoylik buyuk siyosiy mahbus Lyu Syaoboning o‘limi haqida eshitib, chuqur qayg‘uga tushdi... Shoir, olim va inson huquqlarining irodali himoyachisi Lyu Syaobo o‘z hayotini demokratiya va erkinlik uchun bag‘ishladi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo 62 yoshida hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid