Al-Qudsdagi Al-Aqsa masjidi hududiga bugun ertalab bir guruh yahudiylar bostirib kirishdi. «Anadolu» agentligining manbalarga asosan xabar berishicha, ularga Isroil politsiyasi xodimlari hamrohlik qilgan.
Avvalroq Al-Aqsa masjidi yopib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Isroil politsiyasi masjidga kiraverishda detektorlar o‘rnatgan. Ular Isroil politsiyasi masjid 16 iyul kuni tashrif buyurish uchun bosqichma-bosqich ochilishi haqida ma'lum qilgach, o‘rnatildi.