Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil politsiyasi Al-Aqsa masjidi imomiga jarohat yetkazdi
Isroil politsiyasi Al-Qudsdagi Al-Aqsa masjidining imomiga jarohat yetkazdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Shayx Ikrom Sabriy Al-Aqsa masjidida kechki namoz o‘qilganidan so‘ng kishilarni tarqatish chog‘ida plastik o‘qdan yaralangan.
Musulmonlar masjidga kiraverishda metall buyumlarni qidirish qurilmalari o‘rnatilishidan norozi bo‘lishgan.
Falastin Qizil yarim oy jamiyatining xabar berishicha, Shayx Sabriy Sharqiy Al-Qudsdagi Al-Maqosid shifoxonasiga olib ketildi. Uning ahvoli haqida ma'lumotlar yo‘q.
Al-Aqsa masjidiga kiraverishdagi to‘qnashuvlar davomida asosan falastinliklar jarohat oldi, ularning bir qismi og‘ir ahvolda.
Avvalroq Falastin bosh vaziri Isroil Al-Aqsaning maqomini o‘zgartirish harakatida ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:48 / 09.12.2025
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
07:35 / 06.12.2025
Raketa o‘rniga nur: Isroil dunyodagi birinchi jangovar lazerni joylashtirish arafasida
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025