Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridan Isroilga raketa uchirildi
G‘azo sektorining shimoliy qismidan Isroil hududiga raketa uchirildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Biroz oldinroq G‘azo sektorining shimoliy qismidan raketa uchirildi. Raketa havodaligidayoq portlab ketgan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q», — deya yozilgan isroilliklar armiyasi rasmiy tvitterida.
Bundan avvalroq Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bilan barcha darajadagi aloqalar to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi. Bunga isroilliklar xavfsizlik choralari sabab Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga o‘tish uchun metall aniqlovchi romlar o‘rnatilgani, Al-Aqso masjidiga 50 yoshga to‘lmagan musulmonlar kirishi taqiqlangani sabab bo‘ldi.
O‘tgan haftada uch jangari Ibodatxona tog‘ida ikki politsiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
07:59 / 27.01.2026
Zamonaviy urushdagi yangi omil: 10 ta eng qudratli raketa
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026