08:38 / 24.07.2017
6441

Tramp matbuot xizmatining yangi rahbari sanksiyalar bo‘yicha pozitsiyani noto‘g‘ri talqin qilgan

Foto: The New York Times

Oq uyning kommunikatsiyalar departamenti yangi rahbari Entoni Skaramuchchining ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha pozitsiyasini noto‘g‘ri talqin qilgan. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.

Avvalroq Oq uyning rasmiy vakili Sara Sanders, Donald Tramp Rossiya, Eron hamda KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar kirituvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar bergandi.

Skaramuchchining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan.

«Bu mening aybim», - deya ma'lum qildi Skaramuchchi vaziyat haqida.

Avvalroq AQSh senati Moskva, Tehron va Pyongyangga qarshi yagona sanksiyani qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin ekani xabar qilingandi.

Top