11:13 / 25.07.2017
8066

ProCab taqdimoti: ham foydali ma'lumotlar, ham yoqimli sovg‘alar ulashilgan anjuman

19 iyul kuni Wyndham mehmonxonasida ProCab kompaniyasi tomonidan katta taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda tashkilotchilar kabel ishlab chiqarish jarayoni, turlari va kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi. 

ProCab kompaniyasi haqida

ProCab O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi 2012 yili tashkil topgan bo‘lib, kabel va simlarni zamonaviy uskunalarda ishlab chiqaradi.

ProCab kabel va simlari ISO 9000/9001/9003/19011:2000 sifat sertifikatlariga ega, hamda mahsulotlar O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya standartlariga mos keladi. Shu bilan birga, 2016 yilning dekabrida ProCab mega-zavodi Apple korporatsiyasining rasmiy ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekistondagi eng yirik zavodlardan biri 

ProCab zavodi katta maydonni egallagani uchun keng turdagi kabel mahsulotlarini ishlab chiqara oladi. Hozirgi paytda mingdan ortiq kabel va simlar assortimenti mavjud.

Shu jumladan, maishiy, nazorat, olovbardosh, tikilgan polietilen izolyatsiyali kuchlanish kabellari, video kuzatish kabellari, SIP simlari va boshqalar chiqariladi. 

Hamkorlar: 

NGMK, Golden House, Yangi Zamon, Murad Buildings, Enter Engineering, Artel, UMS, Next, Nobel va boshqalar.

Abdushukurov Abdunosir, ProCab kompaniyasining rahbari: 

Mazkur tadbirni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad - respublikamizda qurilayotgan va qurilishi rejalashtirilgan binolarga o‘zimizning sifatli mahsulotimizni tanishtirish hamda ular bilan birgalikda hamkorlik qilishdir. Korxonada ishlab chiqarilayotgan kabellarning turi 1000dan ortiq bo‘lib, hozirgi kunda iste'molchi, xaridorlar uchun talab qilingan barcha mahsulotlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan". 

Eksport salohiyati

Korxona o‘z mahsulotlarining qariyb 30-40 foizini Yevropaning Turkiya, Angliya, Germaniya davlatlariga eksport qiladi. 

Yangi loyiha

2018 yilning birinchi choragida ProCab kompaniyasi zamonaviy kabellar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi turdagi texnologiyani joriy qilish loyihasini amalga oshiriladi. Mazkur texnologiya Italiya va Germaniyadan keltiriladi. 

Taqdimot marosimi

Tadbir davomida korxona faoliyati haqidagi qiziqarli video-rolik namoyish etildi.  Shundan so‘ng, ishtirokchilar kompaniya vakillariga o‘z savollari bilan murojaat etishdi. Savol-javob qismi juda ham qizg‘in tus oldi va ayrim ishtirokchilar o‘z takliflarini ham bildirishdi. 

Kutilmagan sovg‘alar

Taqdimot so‘ngida tadbirga tashrif buyurgan elektrik, energiya muhandisi hamda dilerlar uchun lotereya o‘yini tashkil etildi. Oltita omadli raqam sohiblariga kompaniya tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Shuningdek, mazkur anjumanning har bir ishtirokchisiga kompaniyaning kichik esdalik sovg‘alari ham ulashildi. 

Taqdimot marosimi kechki ovqat bilan yakunlandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top