12:10 / 26.07.2017
12715

Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilari harbiy bazaga hujum qildi, qurbonlar ko‘p

Foto: AP

Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi harbiy bazaga toliblarning hujum uyushtirishi oqibatida kamida 40 nafar kuch tuzilmasi xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali manbaga asosan xabar qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, hujum Xakrez aholi punktida seshanba kuni kechqurun yuz bergan, harbiylar va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuv besh soat davom etgan.

Telekanalning ta'kidlashicha, hukumat hodisa haqidagi ma'lumotga rasmiy izoh bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda juda keskinlashdi. Avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududlarni qo‘lga kiritgan “Tolibon” radikal harakati yirik shaharlarga hujum boshladi. Shuningdek, mamlakatda IShID terrorchilik guruhi ta'siri ham oshgan.

Avvalroq Kobulda ro‘y bergan portlash oqibatida 35 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingandi.

Top