Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va YeI o‘rtasida ishchi kuchining erkin harakatlanishi Brexit’dan so‘ng tugaydi
Britaniya immigratsiya vaziri Brendon Lyuisning ma'lum qilishicha, Brexit’dan so‘ng Buyuk Britaniya hamda Yevroittifoq o‘rtasida ishchi kuchining erkin harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
«2019 yilning bahorida Yevropa ittifoqini tark etganimizdan so‘ng, ishchi kuchining erkin harakatlanishi tugaydi», - dedi u.
Shuningdek, Lyuisning aniqlik kiritishicha, 2019 yilga kelib Buyuk Britaniyada yangi immigratsiya tizimi ishga tushadi.
«YeIni tark etishimiz bilan, bu hukumat o‘zining immigratsiya qoidalari hamda talablarini qo‘llay boshlaydi, ular Britaniya korxonalari va jamiyatning ehtiyojlariga javob beradi», - deya ma'lum qildi Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Amber Radd Financial Times nashri uchun maqolada.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Britaniya hukumati Yevroittifoq tarkibidan chiqishda «jarlikdan pastga qulash» effektidan qochish uchun barcha ishni qilishga urinib ko‘radi.
Mavzuga oid
10:17 / 13.02.2026
Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
15:29 / 10.02.2026
Britaniya “yashirin flot” tankerlarini kuzatish va qo‘lga olish rejasini tayyorlamoqda
12:06 / 10.02.2026