Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timoshenko: «Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish Kiyev uchun sharmandalik»
«Batkivshina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilish haqidagi qarorga qarshi chiqdi. Bu haqda siyosiy tashkilot saytida xabar berilgan.
«Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilish – bu yomon siyosat bo‘lib, uni prezident Pyotr Poroshenko boshchiligidagi amaldagi hokimiyat o‘z raqiblariga nisbatan amalga oshirmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Timoshenkoning fikricha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoda bitta maqsad bor – hokimiyat tepasida barcha yo‘l bilan qolish.
Uning qayd etishicha, Poroshenko «o‘z atrofi va ittifoqchilari o‘rtasida» korrupsiya bilan kurashish o‘rniga, Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilib «Ukraina prezidenti va butun davlatning obro‘sini tushirmoqda».
Timoshenkoning ta'kidlashicha, davlat rahbarining o‘zini bunday tutishi «Ukrainani butun jahon ko‘z oldida sharmanda qilmoqda va jahon hamjamiyati tomonidan tegishli tarzda baholanishi lozim».
Mavzuga oid
13:49
Dron Lvivdagi UXX bosh boshqarmasiga hujum qildi
09:51
Odessa Rossiyadan uchirilgan dronlar hujumiga uchradi
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:42 / 18.03.2026