«Batkivşina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qiliş haqidagi qarorga qarşi çiqdi. Bu haqda siyosiy taşkilot saytida xabar berilgan.
«Saakaşvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qiliş – bu yomon siyosat bölib, uni prezident Pyotr Poroşenko boşçiligidagi amaldagi hokimiyat öz raqiblariga nisbatan amalga oşirmoqda», - deya ta'kidlab ötdi u.
Timoşenkoning fikriça, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoda bitta maqsad bor – hokimiyat tepasida barça yöl bilan qoliş.
Uning qayd etişiça, Poroşenko «öz atrofi va ittifoqçilari örtasida» korrupsiya bilan kuraşiş örniga, Saakaşvilini fuqarolikdan mahrum qilib «Ukraina prezidenti va butun davlatning obrösini tuşirmoqda».
Timoşenkoning ta'kidlaşiça, davlat rahbarining özini bunday tutişi «Ukrainani butun jahon köz oldida şarmanda qilmoqda va jahon hamjamiyati tomonidan tegişli tarzda baholanişi lozim».












