Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya mudofaa vaziri mojaro tufayli iste'foga chiqdi
Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Inadaning iste'fosi yaponiyalik tinchlikparvarlarning Janubiy Sudandagi amaliyotlari bo‘yicha hujjatlarni yashirish bilan bog‘liq mojaroga aloqador.
Ta'kidlanishicha, mudofaa vaziri bilan bog‘liq vaziyat mamlakat bosh vaziri Sindzo Abening reytingiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. U Inadani faol tarzda qo‘llab-quvvatlab kelgandi.
Abe Inadani vazir sifatida tayinlagani uchun ham uzr so‘radi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mojaro uchun mas'uliyat to‘liq uning zimmasida.
Mavzuga oid
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026