11:50 / 28.07.2017
11858

Beeline Navoiyda 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Aloqa operatori Beeline 4G tarmog‘ini hududlarda keng qamrovda joriy etishni boshladi, endilikda mazkur tarmoqdan Navoiy shahrining yuz minglab aholisi foydalanishi mumkin.

“LTE kengayishi – O‘zbekistondagi Beeline‘ning muhim loyihalaridan biridir, va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishidagi yangi yo‘nalishdir. Mijozlarimiz mobil internet xizmatlaridan qulay foydalanishlari biz uchun muhim, shuning uchun 4G tarmog‘ini O‘zbekiston shaharlarida kengaytirishga katta ahamiyat qaratamiz. Yaqin vaqt ichida biz 4G tarmog‘ini respublikaning barcha yirik shaharlarida ishga tushiramiz”, - voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

4G xizmatlarining narxi 2G/3G xizmatlari kabi. 4G tezligidagi mobil internetdan LTE standartida ishlovchi smartfon va planshetlarlar egalari, shuningdek 4G Mi-Fi routerlar orqali foydalanishlari mumkin. SIM-kartani maxsus USIMga Beeline‘ning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirish mumkin.

Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta'minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
static.beeline.uz
 

 

Mavzuga oid
Top