16:00 / 29.07.2017
8108

Andijonda 2,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini pullayotgan og‘ufurush ushlandi

Andijon viloyati IIB JQB hamda Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida Shahrixon shahrida yashovchi og‘ufurush yirik miqdorda marixuana sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati Kun.uz tahririyatiga ma'lum qildi. 

Unga ko‘ra, hech qayerda ishlamaydigan M.Q. o‘zi istiqomat qiladigan uyi oldida, xolis xaridorga 1 dona sellofanda bo‘lgan og‘irligi 2 kilogramm 665 grammni tashkil qilgan marixuana giyohvand moddasini 130 ming so‘mga pullayotgan vaqtda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Top