12:08 / 29.07.2017
32201

Rolls-Royce yangi avlod Phantom modelini namoyish qildi

Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi yangi avlod Phantom sedanini taqdim etdi. Model tashqi ko‘rinishidan deyarli o‘zgarmadi. Uning kuzovi avvalgisi kabi alyuminiydan yasalgan. Biroq u hajmni e'tiborga olgan holda qayta ishlangan. Ayni shu arxitektura kompaniyaning boshqa barcha brendlari, xususan Cullinan krossoveriga asos bo‘ladi.

Yangi «Fantom»ni dizayn jihatidan lazerli old chiroqlari, kuzov paneli bilan uyg‘unlashib ketgan radiator qafasi bilan ajralib turadi. U qo‘lda silliqlangan po‘latdan yasalgan. 

«Fantom» kuzovidan tashqari shassisi ham alyuminiydan yasalgan. Sedan qattiqligi avvalgi modelga qaraganda 30 foizga oshgan. Biroq unga o‘rnatilgan yangi pnevmatik podveska tufayli qo‘shimcha qulaylikni taqdim etadi. Bundan tashqari, uning to‘liq boshqariluvchi shassisi ham bor. 

Yangi «Rolls-Roys» 130 kilogrammlik qo‘shimcha shovqinni to‘suvchi jihozlarga ega bo‘lgan. Shuning hisobiga soatiga 100 km tezlikda salon ichidagi shovqin 10 foizga kamaydi. Endilikda bu shovqin 60 detsibelni, yoki oddiy suhbat balandligiga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi shinalar ham kamroq shovqin chiqaradi. Maxsus ko‘pikli qatlam shinani 9 detsibelga shovqinsizlantiradi. 

«Fantom»ga 571 ot kuchli, 12 silindrli tvin-turbo dvigatel o‘rnatiladi. Uning hajmi 6,75 litrdir. Motor 8 bosqichli ZF AUQ bilan sedanni harakatga keltiradi. 

Barcha 4 ta eshik ham tugmchani bosish bilan ochib, yopiladi. Uning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchi o‘rindiqni 5 xil usulda o‘ziga moslashi mumkin. Shuningdek, salonning orqa qismida muzlatgich ham joylashtirilishi mumkin. 

Sedan jihozlari orasida proyeksiya displeyi, adaptiv kruiz-kontrol, tungi ko‘rish tizimi, atrofni videoli ko‘rish imkoniyati, Wi-Fi tarmoqli multimedia markazi shular jumlasidan.

Yangi Rolls-Royce Phantom narxi 350 ming funt sterling ekani aytilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top