Tillerson: AQSh tomondan kiritilgan sanksiyalar Rossiya bilan do‘stlashishga qaratilgan
AQSh kongressi tomondan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning kiritilishi AQShning Rossiya tomondan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha qadamlarini ko‘rish istagini bildiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning yozma bayonotida aytilgan.
Tillerson shuningdek davlatlar orasida “yirik global masalalar” bo‘yicha hamkorlikka umid qilishini va buning evaziga sanksiyalarga hojat qolmasligini aytgan. “Bizning Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga nomalarimiz aniq anglanishiga ishonch hosil qilishimiz uchun do‘stlar va ittifoqdoshlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Avvalroq shu kuni Oq uy matbuot xizmati AQSh prezidenti Donald Tramp senat tomondan imzolangan, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi haqidagi qonun loyihasini imzolashni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
27 iyulda AQSh senati ushbu qonun loyihasini qabul qilib, uni Trampga imzolashga yuborgan.
Mavzuga oid
00:36
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
11:30 / 21.12.2024