21:00 / 30.07.2017
25313

Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to‘ldi

30 iyul kuni Arnold Shvartsenegger — sportchi, aktyor, siyosatchi, tadbirkor, bir so‘z bilan mashhur inson — 70 yoshni qarshiladi.

Arnoldning sportga kirib kelishi otasi bilan bog‘liq. Aynan uning qistovi bilan dastlab u futbolchi bo‘lib yetishib chiqishi mumkin edi. Biroq, Arnold o‘sha vaqtlar uchun yangi sport turi bo‘lgan — bodibildingda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi va bu turda juda ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi, maxsus «Mister Universe» mukofotini qo‘lga kiritdi va buning natijasida, tug‘ilib o‘sgan Avstriyasidan AQShga borish imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

Hollivud Arnoldni darhol qabul qilgani yo‘q, ammo bu ma'lum muddatda o‘zining aqlbovar qilmas harakati bilan ham tilni, ham aktyorlik mahoratini chuqur o‘rgandi. Natijada esa u kinosanoatning eng e'tiborli va yorqin yulduzlaridan biriga aylana oldi. «Terminator», «Egizaklar», «So‘nggi kino qahramon», «Yirtqich», «Kommando» — bu kinoasarlar o‘z davrida butun dunyoning eng sevimli filmlari qatoridan joy oldi. 

Bu kabi mashhurlik Arnoldga kamlik qildi va 2003 yilda Shvartsenegger Kaliforniya shtati gubernatorligiga saylandi. Bu davrda u kinodagi faoliyatini to‘xtatdi. Kinoga qaytish yana 10 yildan so‘ng sodir bo‘ldi. Yaqinda esa Jyeyms Kemeron «Terminator»ning yana bir trilogiyasini suratga olish rejasi haqida e'lon qildi. Bu esa 70 yoshli Arnoldning biografiyasini yana bir qiziqarli sahifa bilan boyitishiga shubha yo‘q.

Carolco Pictures Inc.

Arnold Shvartsenegger «Terminator-2: Qiyomat kuni» filmida

Johansen Krause

Arnold Shvartsenegger yoshlik yillarida

Reuters

Arnold Shvartsenegger va Mariya Shrayver. Arnold prezident Jon Kennedining jiyani va jurnalist Mariya bilan 70 yillar o‘rtasida tanishadi, ammo u bilan faqatgina 1986 yilda turmush quradi. Juftlik 25 yil davomida to‘rt nafar farzand ko‘radi. Arnold siyosiy maydondagi faoliyatini yakunlagan 2011 yilda ular Mariya bilan darhol ajrashadi.

Wikimedia Commons

Arnold Shvartsenegger «Terminator 2: Qiyomat kuni» (2005) filmida

Wikimedia Commons

Aktyor Arnold Shvartsenegger

Wikimedia Commons

Arnold Shvartsenegger va rejissyor Jyeyms Kemeron film suratga olish jarayonida

Sony/Columbia

Arnold Shvartsenegger «Qizil jazirama» filmida

Gilbert Tourte/AP

Arnold Shvartsenegger va Silvestr Stallone Kann kinofestivalida (1990)

Kirill Lebedev/«Gazeta.Ru»

 Arnold Shvartsenegger Moskvada yangi film taqdimotida (2013 yil)

Eric Rosberg/AP

Sobiq Kaliforniya gubernatori Arnold Shvartsenegger global isishni oldini olishga qarshi tadbirda nutq so‘zlamoqda (2017 yil 25 iyul)

Mavzuga oid
Top