12:09 / 03.08.2017
40800

7 ta tumandagi IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, podpolkovnik Ikromjon Shoakbarov – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga,

podpolkovnik Elmurod Sultanov – Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Tojiddin Eshnazarov – Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig‘i, 

podpolkovnik Furqat Mirzayev – Namangan viloyati Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Nosirjon Mirzahmedov – Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i,

mayor Avazbek Xo‘jaxonov – Namangan viloyati Mingbuloq tumani IIB boshlig‘i,

mayor Asliddin Mirzayev – Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani IIB boshlig‘i,

mayor Kamoliddin Xidirov – Surxondaryo viloyati Angor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Mavzuga oid
Top