23:12 / 03.08.2017
19848

“Ulkan” baliqchi qush ob-havo ko‘rsatuvini to‘xtatib qo‘ydi

Kanadaning City kanalida chiquvchi Breakfast Television ertalabki shousi efirida ob-havo haqidagi ma'lumotlar berilayotgan vaqtda boshlovchi Tara Jin orqasida judayam katta baliqchi qush paydo bo‘ldi. Qush Vankuver ko‘rinishini studiyaga translyatsiya qilayotgan kamera yoniga o‘tirib olgan. 

Reddit foydalanuvchilarining ta'kidlashicha, baliqchi qush ko‘rsatuvni buzmagan, aksincha uni yanada yaxshiroq qilgan. Tara Jin ham bu fikrga qo‘shilib, orqasida qush bilan efir olib borganini “butun kareramdagi eng zo‘r lahza” deb atadi.

Kamera bilan bog‘liq bunday hodisa birinchisi emas. 2009 yilda ham baliqchi qush  avstraliyalik boshlovchiga ob-havo dasturini olib borishga halaqit bergan. 2017 yil aprelida esa jurnalist Patrik Xammer ekranda bahaybat o‘rgimchakni ko‘rib qolgan edi.

Top