Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:18 / 04.08.2017
9334
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp prezidentligi davomidagi ilk ta'tilga ketmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 avgustdan Nyu-Jyersi shtatidagi o‘ziga tegishli golf-klubga ta'tilga jo‘naydi. Bu haqda Associated Press axborot agentiligi xabar bermoqda.
Trampning ta'tili 17 kun davom etishi kutilmoqda. Bu ta'til u prezident bo‘lgandan keyingi birinchisi bo‘ladi.
Axborot agentiligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp ta'tilda bo‘lganda Oq uyning g‘arbiy qismida 27 yildan beri almashtirilmagan holda ishlatib kelinayotgan isitish va havoni sovitish tizimi o‘zgartiriladi.