Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShID va «Tolibon» jangarilari birlashib, 50dan ortiq kishini qatl qildi
Foto: Reuters
IShID va «Tolibon» terrorchilik tashkilotlari jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Sari-Pul viloyatida 50 dan ortiq kishini o‘ldirdi. Bu haqda Sinxua mahalliy viloyat hukumati vakiliga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, IShID jangarilari «Tolibon» guruhidagi ekstremistlar bilan birlashgan va Sayyod tumanidagi Mirza Olang qishlog‘iga hujum qilgan.
«Ular ushbu tumanni egallab olgandan so‘ng, qishloq aholisini mahalliy qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar vakillari bilan birga qo‘rqoqlarcha va ajratib o‘tirmasdan o‘ldirishdi», - degan suhbatdosh.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, qurbonlar orasida mahalliy aholining 20 nafar vakili, ayollar va bolalar bor.
Avvalroq «Tolibon» jangarilari Afg‘oniston janubidagi to‘g‘onni portlatib yuborishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026