Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 3,836 mlrd yo‘lovchi tashildi
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda turli transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish joriy yilning birinchi yarim yilligida 2016 yil yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,0 foizga o‘sib, 3,836 mlrd kishi manzilga yetkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib Uzdaily.uz xabar qilmoqda.
Yo‘lovchilar aylanmasi 53,3 mlrd pass/kmni tashkil etib, 5,2 foizga o‘sgan.
Yo‘lovchilarni tashishda eng katta ulush avtomobil transporti (98,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi. Uning yo‘lovchi aylanmasidagi ulushi 89,3 foizdir.
Temir yo‘l transporti orqali yo‘lovchilar harakati 1,6 foizga ortib, 10,7 mln kishini tashkil etgan. Uning yo‘lovchi aylanmasidagi ulushi 9,0 foizga o‘sib, 2,072 mlrd pass/km bo‘lgan.
Havo transporti orqali tashilganlar soni 1,055 mln kishidir. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga yuqoridir. Yo‘lovchi aylanmasi 8,9 foizga o‘sib, 3,43 mlrd pass/kmni tashkil etdi.
Toshkent metropolitenida yo‘lovchilari tashish va yo‘lovchi aylanmasi tegishli ravishda 10,5 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026