Özbekistonda turli transport vositalarida yölovçilarni taşiş joriy yilning birinçi yarim yilligida 2016 yil yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,0 foizga ösib, 3,836 mlrd kişi manzilga yetkazilgan. Bu haqda Özbekiston Davlat statistika qömitasiga asoslanib Uzdaily.uz xabar qilmoqda.

Yölovçilar aylanmasi 53,3 mlrd pass/kmni taşkil etib, 5,2 foizga ösgan. 

Yölovçilarni taşişda eng katta uluş avtomobil transporti (98,9 foiz) hissasiga töğri keladi. Uning yölovçi aylanmasidagi uluşi 89,3 foizdir.

Temir yöl transporti orqali yölovçilar harakati 1,6 foizga ortib, 10,7 mln kişini taşkil etgan. Uning yölovçi aylanmasidagi uluşi 9,0 foizga ösib, 2,072 mlrd pass/km bölgan.

Havo transporti orqali taşilganlar soni 1,055 mln kişidir. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,9 foizga yuqoridir. Yölovçi aylanmasi 8,9 foizga ösib, 3,43 mlrd pass/kmni taşkil etdi.

Toşkent metropolitenida yölovçilari taşiş va yölovçi aylanmasi tegişli ravişda 10,5 foizga ösgan.