O‘zbekiston | 12:00 / 09.08.2017
40344
2 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘zgardi

 

Aktam Hayitov. Foto: bsca.by

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») sobiq direktori Aktam Hayitov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbar bo‘ldi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.

Aktam Hayitov bu lavozimda biroz oldinroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais bo‘lib ketgan Aziz Abduhakimov o‘rnini egallagan.

Aktam Hayitov 2010 yil martidan 2014 yil iyuligacha O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri bo‘lib ishlagandi (Mazkur vazirlik 2016 yil fevral oyida Mehnat vazirligiga , joriy yilning may oyida esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘zgartirilgan).

Hayitov 2014 yil sentabridan «Biokimyo» aksiyadorlik jamiyatida iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktor bo‘lgandi. U 2016 yilning kuzidan buyon O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori sifatida ish boshlagandi. Endi u yana Mehnat vazirligiga qaytdi.

«O‘zstandart» direktori 8 oyda lavozimini tark etdi

Mavzuga oid