12:46 / 12.08.2017
19044

10 avgust kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

Foto: "Kun"

2017 yilning 10 avgust kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 4 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

2017 yilning 10 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3631 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 903 tasini qo‘pol turdagi, 29 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 10 avgust kuni jami 583 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 382 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 201 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top