Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Press-klub Tet-a-tet loyihasini ishga tushirdi
Xalqaro Press-klubning ustuvor vazifalaridan biri O‘zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va islohotlar yuzasidan davlat organlari, jamoatchilik hamda OAV ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida ochiq va faol muloqot maydonini yaratishdir.
Shuningdek, Xalqaro Press-klubning asosiy maqsadi - doimiy faoliyat yurituvchi interaktiv media maydoncha sifatida milliy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va xalqaro tadbirlarni yoritish hamda keng jamoatchilik e'tibori va muhokamasiga yetkazishdir.
Ma'lumki, keng formatli Xalqaro Press-klub “Xalqaro Press-klub”, “Xalqaro Press-klub plyus”, “Press-coffee” hamda “Sayyor Press-klub”loyihalarini qamrab olgan.
XPKning respublika vodiy viloyatlariga safari davomida yana bir ekslyuziv loyihaga start berildi. “TeT-A-TeT” loyihasi “Sayyor Press-klub” loyihasidan oldin jonli efirda viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqot formatida tashkil etildi.
Xususan, 11 avgustda “TeT-A-TeT” loyihasining ilk mehmoni Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bo‘ldi.

Bugun 12 avgustda ushbu loyiha doirasida soat 12:00 da Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev savollariga javob beradi.
Uni “Ozbekiston 24” telekanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz tahririyati ham joylarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish maqsadida 2017 yil boshidan beri viloyatlarga safar uyushtirmoqda. Shu paytga qadar, Andijon, Buxoro, Namangan, Qashqadaryo viloyatlari hokimlari bilan muloqotlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari bilan videosuhbatlar o‘tkazildi.
Shu kunlarda tahririyat vakillari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, u yerdagi vaziyatni o‘rgandi. Uning tafsilotlari tez kunlarda e'tiboringizga havola etiladi.
Mavzuga oid
22:54 / 04.03.2020
«Diplom asosiy motivatsiya va status bo‘lishi kerak emas» – Jahongir Po‘latov
19:49 / 01.02.2020
288ta normativ hujjatning 80 foizida raqobatga zid me'yorlar aniqlandi – Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi
16:10 / 17.06.2019
Senator: Ta'limdan Islomni sug‘urib oldik. Gyoteni o‘rgatdik, ammo Payg‘ambarimiz hadisini keltirishdan cho‘chidik
14:51 / 06.01.2019