17:59 / 12.08.2017
5785

Xitoyda to‘g‘on o‘pirilishi tufayli 700 kishi evakuatsiya qilindi

Foto: Unian

Markaziy Xitoydagi Xunan viloyatining Yuyeyan aholi punktida to‘g‘on o‘pirilishi natijasida 700 dan ortiq inson tezkorlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda «Sinxua».

Viloyatda bir necha kundan beri kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli to‘g‘onda suv tashlash joyini to‘sib qo‘ygan uyum paydo bo‘lgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bir necha uy suv ostida qolgan, mahalliy aholini esa evakuatsiya qilish lozim.

Top