08:36 / 14.08.2017
9662

Istanbulda IShID jangarisi politsiyachining umriga zomin bo‘ldi

Foto: sozcu.com.tr

Istanbulda IShID terrorchilik guruhining ehtimoliy jangarisi politsiyachining umriga zomin bo‘ldi, so‘ng o‘zi ham yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Sözcü.

Xabar qilinishicha, IShIDning ikki nafar jangarisi Turkiya poytaxtidagi aksilterrorchilik amaliyoti davomida qo‘lga olingan. Ularni boshqa yerga olib ketishayotganda, bir jangari hamrohlik qilayotgan politsiyachiga pichoq bilan zarba bergan, natijada huquqni muhofaza qilish organlari xodimi hayotdan ko‘z yumgan.

Foto: sozcu.com.tr

Politsiya hujum qilgan terrorchini yo‘q qilgan.

Avvalroq Turkiyada AQSh samolyotini urib tushirmoqchi bo‘lgan rossiyalik qo‘lga olingani xabar berilgandi.

Top