17:28 / 14.08.2017
11565

Janubiy Koreya bosh murabbiyi Eron va O‘zbekistonga qarshi tarkibni e'lon qildi

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Te Yong JCh–2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin uchun 26 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Koreyalik mutaxassis «Tottenhem» a'zosi Son Xyon Min va «Suonsi» yarim himoyachisi Ki Son Yonni terma jamoaga jalb qilgan.

Darvozabonlar: Kim Jin Xyun («Serezo Osaka», Yaponiya), Kim Seung Gyu («Vissel Kobe», Yaponiya), Cho Xyun Vu («Tegu»);
Himoyachilar: Kim Ki Xi («Shanxay Shenxua», Xitoy), Kim Ju Yung («Xebey Chayna», Xitoy), Kim Yung Kvon («Guanchjou Evergrand», Xitoy), Kim Min Je («Chonbuk Motors»), Kim Min Vu («Suvon Samsung»), Kim Jin Su («Chonbuk Motors»), Ko Yan Xan («Seul»), Choi Chul Sun («Chonbuk Motors»);
Yarim himoyachilar: Ki Son Yon («Suonsi», Angliya), Son Xyon Min («Tottenhem», Angliya), Li Kun Xo («Gangvon»), Ku Ja Chol («Augsburg», Germaniya), Yom Ki Xun («Suvon Samsung»), Nam Tae Xe («Al-Duxayl», Qatar), Jang Xyun Su («Tokio», Yaponiya), Li Je Sung («Chonbuk Motors»), Jung Vu Yong («Chongking Lifan», Xitoy), Kim Bo Kyung («Kashiva Reysol», Yaponiya), Kvong Kyung Von («Tianjin Kuanjian»), Kvong Chang Xun («Dijon», Fransiya);
Hujumchilar: Li Dong Guk («Chonbuk Motors»), Kim Shin Vuk («Chonbuk Motors»), Xvang Xi Chan («Red Bull Zaltsburg», Avstriya).

Shin Te Yong bo‘lajak o‘yinlar oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilayotganini va barchadan, hatto maydonga tushmaydigan futbolchilardan bor e'tiborni qolgan ikki o‘yinga qaratishni talab qilayotganini aytdi.

«Termaga chaqirilgan 26 futbolchining barchasi saralash bosqichi yakuniga qadar bir butun bo‘ladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri qolgan ikki o‘yinga bog‘liq. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», – deya Shin Te Yong so‘zlarini keltirgan O‘FF rasmiy sayti.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, jarohati bor Son Xyon Min va Ki Son Yon haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Ki Son Yon o‘ynay olmasa ham unga sardorlik bog‘ichini bergim kelyapti. Ki milliy termamiz uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardan biri. Son Xyon Min «Tottenhem» mashg‘ulotlariga qaytdi. Uni terma ixtiyoriga erta chaqira olmaymiz, uning tibbiy holatini yana ko‘zdan kechiramiz. Mening fikrimcha, u saralash bosqichi o‘yinlari uchun yetarliga tiklandi», – degan koreyalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni o‘z maydonida Eronga qarshi bahs olib borsa, 5 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston termasi bilan kuch sinashadi.

Top