20:25 / 17.08.2017
11787

Tarixda birinchi marta Saturn atmosferasiga kirishga muvaffaq bo‘lindi

Foto: © NASA

"Kassini" kosmik qurilmasi insoniyat tarixida birinchi marta Saturn atmosferasiga kirib bordi, bu uning ilmiy faoliyati yakunining boshlanishidir. Qurilma sayyora atrofida so‘nggi besh halqani amalga oshiradi, shundan keyin, olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketadi. NASA shu haqida xabar berdi. 

Qurilma Saturn osmonida olov bolid bo‘lib uchguniga qadar NASA mutaxassislari Quyoshning oltinchi sayyorasidagi atmosfera tarkibi, shamol tezligi va haroratiga doir ma'lumotlarni olishni rejalashtirishgan. 

"Kassini" bunga qadar Saturnning sun'iy yo‘ldoshi Titan yonidan uchib o‘tgan, undan qo‘shimcha tezlik olib, sayyora va uning halqalari orasidagi masofadan uchib o‘tgan. Bunga qadar hech bir kosmik qurilma u yerda bo‘lmagandi, biroq "Kassini" buning uddasidan chiqdi. Shu tufayli mutaxassislar sayyora sathi va halqalarning ichki tomonidan yirik suratlarni olishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Kassini" kosmik qurilmasi 1997 yilning oktabrida uchirilgan va shu kunga qadar tadqiqotlarni davom ettirmoqda. 

Mavzuga oid
Top