18:35 / 18.08.2017
41355

Quyoshdan himoyalovchi eng qimmatbaho 10 ko‘zoynak

Eng mashhur aksessuarlardan biri - quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar - o‘z egasi haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Ko‘zoynaklar ilk marta o‘tgan asrning 20-yillarida urfga aylana boshlagan - dastlab kino yulduzlari va sportchilar, keyinroq esa oddiy odamlar orasida. Qora ko‘zoynaklarning asosiy roli ko‘zni quyosh nurlaridan himoyalash bo‘lgan, albatta, endi esa bu oxirgi omil. Bugun bu aksessuar - o‘ziga xos uslub va hashamat belgisi. Shu bois ba'zi ko‘zoynaklarning narxi qanchalik qimmat tuyulmasin, ularning xaridorlari baribir topiladi. Trendymen shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Bentley Platinum

Narxi - 45 276 dollar

Bu ko‘zoynakning nomi uning qandayligiga ishora qiladi. Uning narxi bir necha o‘n ming dollardan arzon bo‘lishi mumkin emas. Ular mashhur Bentley avtomobillari ishlab chiqaruvchisi hamda Eyede Eyede tomonidan hamkorlikda tayyorlanadi. Shunday ekan, agar sizda Bentli bo‘lsa, ko‘zoynakning boshqa modeldagisini xarid qilish - uyat. Ko‘zoynak to‘liq platinadan ishlangan, lekin oq va sariq tilladan tayyorlanadigan tejamkor variantlarga buyurtma berish imkoni ham bor.

 

Gold and Wood 253 Diamond

Narxi - 55 000 dollar

Jahonga mashhur brendning bu modeli o‘z qiymatini qimmatbaho toshlar borligi bilan oqlashga harakat qiladi. Ko‘zoynak gardishida 253 ta olmos tosh mavjud. Shu bois uni avloddan avlodga o‘tuvchi qimmatbaho buyum sifatida xarid qilish ham mumkin. Bunday ko‘zoynakda sohilga borish tavsiya etilmaydi, atrofingizda soqchilaringiz bo‘lsa, boshqa gap.

 

Bulgari Flora

Narxi - 59 000 dollar

Ushbu ko‘zoynaklar yulduzlar orasida mashhur bo‘lib, juda nafis va jiddiy shakli bilan ajralib turadi. Bu ularni biznes-hamkorlar bilan uchrashuvlarga va ish bo‘yicha tadbirlarga taqish imkonini beradi. Ko‘zoynak gardishi olmos, oq oltin va ko‘kish yoqutlardan ishlangan.

 

Maybach The Diplomat I

Narxi – 60 000 dollar

Yana bir taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchisi Bentlining izidan borib, shaxsiy ko‘zoynaklar liniyasini ishlab chiqardi. Bu to‘g‘ri yo‘l, chunki Maybax egalari rulga quyoshdan himoyalovchi munosib ko‘zoynak bilan o‘tirishlari kerak. 174 ta olmos va oq oltindan ishlangan gardish buning uchun ayni muddao.

 

Luxuriator Style 23 Canary Diamond

Narxi – 65 000 dollar

Quyoshdan himoyalovchi Luxuriator ko‘zoynaklar kolleksiyasi Los-Anjyelesdagi mashhur Jewelry by Franco zargarlik kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ko‘zoynak gardishi tilla va fil suyagidan ishlangan bo‘lib, 132 ta olmos bilan bezatilgan. Linzalari esa joyiga qarab rangini o‘zgartira oladi.

 

CliC Gold 18 Carat Gold Sport

Narxi – 75 000 dollar

CliC Gold – ko‘zoynaklar ishlab chiqaruvchilari orasida juda mashhur brend, u 30 yildan buyon shu bozorda faoliyat yuritadi. U o‘qish uchun eng qimmat ko‘zoynaklarni ishlab chiqarishi bilan ham tanilgan. Kompaniyaning quyoshdan himoyalovchi sport uslubidagi ko‘zoynaklari ajoyib dizaynga ega bo‘lib, yuqori sifatli oltindan ishlangan.

 

Cartier Panthere

Narxi – 159 000 dollar

Karte – taniqli brendlardan biri, uning qimmatbaho aksessuarlari hashamat belgisi hisoblanadi. Brend bir necha yil ilgari oq oltinli gardish va panterali Panthere ko‘zoynaklarini ishlab chiqardi. Ko‘zoynak gardishi 561 ta olmos va 645 ta ko‘k yoqut bilan bezatilgan.

 

Shiels Jewellers Emerald

Narxi – 200 000 dollar

Shiels Jewelers - zargarlik sanoatidagi yana bir mashhur nom. Avstraliya kompaniyasiga 1945 yilda Jyek Shiyels tomonidan asos solingan bo‘lib, uning bugungi kundagi eng qiziq mahsulotlaridan biri ushbu zumrad ko‘zoynaklardir. Mualliflarni Rim imperatori Nerondan ilhomlanib, bu ko‘zoynaklarni yaratishgan. Neron gladiatorlar jangini kuzatishda zumradlardan foydalanardi. Zumrad toshlarni linzaga aylantirish uchun 5 yil kerak bo‘lgan, ularning gardishi esa tilladan yasalgan va olmoslar bilan bezatilgan.

 

Dolce & Gabbana DG2027B

Narxi – 383 609 dollar

Italiya brendi o‘zining nafis, nozikta'b va haddan tashqari qimmat buyumlari bilan mashhur. Shu bois dunyodagi eng qimmat ko‘zoynaklardan birining mazkur  brendga tegishli ekani tabiiy hol. Brend nomi ko‘zoynakka olmoslar bilan tushirilgan.

 

Chopard De Rigo Vision

Narxi – 408 000 dollar

Va nihoyat, dunyodagi eng qimmatbaho ko‘zoynak - Shveytsariyaning soat va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi Chopard mahsuloti. Ularning eng qimmat narxlanishiga esa gardishdagi 60 gramm oltin va katta o‘lchamdagi 51 ta olmos sababdir.

Mavzuga oid
Top