10:54 / 18.08.2017
58630

Toshkentda Abdurahmon Poziljonovning yangi Qanotchi kafesi ochildi

17 avgust kuni yangi Qanotchi kafesining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan 10 kun davomida barcha mehmonlarni kafe asoschisi Abdurahmon Poziljonovdan ajoyib “sovg‘alar” kutmoqda.

Vaqt o‘zgarmoqda, biroq go‘shtli va tovuqli taomlarga bo‘lgan munosabat har doim qoladi. Asosiysi – go‘shtning narxi va sifati o‘zini oqlaydigan joyni topishdir. Hozirda hech kimni odatiy steyklar bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Qanotchi kafesi asoschisi Abdurahmon Poziljonov prodyusserlik sohasida muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgani holda, Toshkentdagi restoran biznesi sohasiga yangi nimanidir kiritishga qaror qildi hamda ko‘proq e'tiborni tovuq qanotchalari va go‘shtga qaratdi.

Qanotchi’da go‘sht o‘ziga xos takrorlanmas usul bilan tayyorlanadi. U juda yumshoq, erib ketadigan darajada bo‘lib, sizga hattoki tish tozalagich ham kerak bo‘lmaydi. Muassasaning eng o‘ziga xos jihatlari – bu mol go‘shtidan tayyorlangan Qanotchi gamburgeri, hamda, albatta, tovuq qanotchalari. Qanotchi kafesining yana bir o‘ziga xos tomoni bor – bu tabiiy mahalliy go‘sht mahsuloti. U muassasa bilan bir hududda joylashgan Bizning Donar zavodidan yetkaziladi, shuning uchun go‘shtning narxi aksariyat fuqarolar uchun hamyonbopdir.

Qanotchi – bu nafaqat do‘stlar va yaqinlar bilan vaqtni yaxshi o‘tkazish mumkin bo‘lgan joy, balki go‘sht hamda tovuq qanotchalaridan lazzatlanish imkoniyati yaratilgan yerdir. Portsiyalar bir kishi uchun ham, 3-4 kishilik jamoaga ham mo‘ljallangan. Intererga keladigan bo‘lsak, bu yerdagi uslub bosh maqsad – haqiqiy go‘shtdan lazzatlanishdan chetga chiqmaydi. Hech qanday pafos, faqatgina mazali taom.

Abdurahmon Poziljonov barchani Qanotchi’ga taklif etmoqda, bu hodisa sharafiga 10 kun davomida mehmonlar uchun mazali bepul “xushomad” tayyorlab qo‘yilgan.

Joylarga buyurtma qilish: +99871 203 0110. 
Facebook’dagi rasmiy sahifa: facebook.com/Qanotchi
Manzil: Yakkasaroy tumani, Qushbegi va Muqimiy ko‘chalari kesishmasi, 1-boshi berk ko‘cha.
Mo‘ljal: GrandCinema kinoteatri.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top